Magistraturaga kirish imtihonlarida qatnashish uchun ruxsatnoma olish imkoniyati yaratildi.
(https://t.me/digital_eduuz/156) 2020/2021 o‘quv yili qabulida respublika oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun "Ruxsatnoma"ni http://magistr.edu.uz va http://ruxsatnoma.edu.uz/ manzili orqali yuklab olish imkoniyati yaratildi.
Ushbu xizmatdan foydalanish uchun quyidagi shaxsiy ma’lumotlar kiritilishi lozim.
1️ pasport seriyasi;
2️ pasport raqami;
3️ tug‘ilgan sana
Eslatib o‘tamiz: Onlayn test sinovlari joriy yilning 8-20 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.