23-dekabr kuni Urganch Davlat Universitetida AQSH Elchihonasi loyihasi “ English for STEM “ (2018-2020) Graduation ceremony yani bitiruv kechasi boʻlib oʻtdi. Bu loyihada talabalar ikki yil davomida nafaqat ingliz tili, balki texnika , injenering yunalishlaridagi maxsus fan Ingliz tilini chuqurroq egallashdi .Loyiha davomida talabalarda ilm-fanga chanqoqlik, izlanuvchanlik, o’z ustida mustaqil ishlash,jamoa bulib ishlash , oʻzaro doʻstlik aloqalari mustahkamlandi. English for STEM talabalarining dunyoqarashi sezilarli darajada oʻzgardi. Yakunlovchi tadbirdada UrDU rektori B. I. Abdullayev, Xorijiy filologiya fakulteti dekani Zohid Atabaevich va loyiha koordinatori Feruza Masharipova lar soʻzga chiqib, bu loyihaning nafaqat universitet, balki Oʻzbekiston miqyosidagi ahamiyati beqiyos ekanligini taʼkidladi. Shundan soʻng ushbu loyihada ishtirok etgan eng faol talabalar ikki yillik loyihani yakunlaganlik uchun sertifikat va sovgʻalar bilan taqdirlandi.


