2020-yil 26-dekabr kuni Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti tomonidan "Zakovat" intellektual o‘yini doirasida "Yangi yilda biz bilan" turniri bo'lib o'tdi.
Turnirda quyidagi jamoalar g'oliblikni qo'lga kiritdilar:
1. "Joziba" jamoasi (191-guruh )
2. "Lingvistlar" jamoasi (201-guruh)
3. "Iste'dod" jamoasi (185-guruh)
Zakovat turniri qiziqarli va ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi. G'olib jamoalar va barcha faol qatnashganlar diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.