2020-yil 16-dekabr kuni talaba-yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ularni kitobga, she`riyatga oshno qilish, mashhur adiblarimiz hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Urganch davlat universitetida an`anaviy tarzda o`tkazilib kelinayotgan “She`riyat shohsupasi” ko`rik-tanlovining final bosqichi bo`lib o`tdi. Ushbu tanlovning final bosqichi mashhur o`zbek adibi Muhammad Rizo Ogahiy tavalludining 211 yilligiga bag`ishlab o`tkazildi.
Tadbirni UrDU Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektori S.Davletov ochib berib, Muhammad Rizo Ogahiyning ijodiy faoliyatiga to`xtaldi, shuningdek “She`riyat shohsupasi” ko`rik-tanlovining an`ana tusiga kirib qolganligi va talabalarning faol ishtirokidan o`z mamnuniyatini bildirib, tanlov ishtirokchilariga zafarlar tiladi.
“She`riyat shohsupasi” ko`rik-tanlovining final bosqichida Filologiya hamda Pedagogika fakultetlarining 8 nafar talaba qizlari o`zaro Ogahiyning she`riy merosidan bahsga kirishdilar.
Tadbir davomida talabalar ijrosida kuy-qo`shiq va raqslar, Ogahiy ijodiy faoliyatiga doir sahna ko`rinishi namoyish etildi.
Tadbir yakunida hakamlar hay’ati xulosasiga ko`ra Filologiya fakulteti dekani D.G`ayipov g`oliblarni e’lon qilib, diplom va esdalik sovg`alar bilan taqdirladi.