26.02.2021 yil soat 14:00 da Urganch davlat universitetining Iqtisod fakultetining zalida San'atshunoslik fakulteti "Musiqiy ta'lim" yo'nalishi professor o'qituvchilari va talabalari tamonidan "Mumtoz musiqa" oyligiga bag'ishlangan "Sozparvar yurt farzandlari" mavzusida talabalar fistevali o'tkazildi. Shu bilan birgalikda "Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi" yo'nalishi iqtidorli talabari tamonidan amaliy san'at va tasviriy san'at namunalaridan ko'rgazma tashkil etildi. Tadbirga O'zbek filologiyasi fakultetidan 10 talaba, Iqtisodiyot fakultetidan 30 talaba, kimyo-texnologiya fakultetidan 10 talaba va San'atshunolsik fakultetidan 60 talaba va 10 ta professor o'qituvchilar tadbirda qatnashdilar.