Filologiya fakulteti talabalari ishtirokida "Navoiyxon talaba" ko`rik- tanlovi bo`lib o`tdi. Tanlovda Navoiy ijodiyotiga bo`lgan chuqur muhabbat namunasi sifatida talabalar tomonidan shoir she`rlaridan go`zal namunalarni ifodali o`qilishi tinglandi. Undagi so`zlar ma`nosi sharhlandi. Tadbirda UrDU yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektori S.Davletov, fakultet dekani D.G`ayipov, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri S.Matkarimova, fakultet professor- o`qituvchilari hamda 2-kurs o`zbek tili ta`lim yo`nalishi talabalari ishtirok qilishdi.
Ko`rik-tanlov yakunida g`oliblar fakultet dekani D.G`ayipov tomonidan taqdirlandi.