201-guruh gid hamrohlini va tarjimonlik amaliyoti yo`nalishi talabalari "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" kafedrasi katta o`qituvchisi M.Atajonova rahbarligida talabalarning bo`sh vaqtini mazmunli tashkillashtirish maqsadida Xorazm viloyati Zamonaviy san’at muzeyiga tashrif buyurishdi. Muzeyga tashrif davomida, talabalar Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tavallud kuniga bag`ishlab yaratilgan "Mustaqillik" ekspozisiyasi bilan tanishish bilan birgalikda, rasmlar galereyasidan joy olgan taniqli rassomlarning nodir san’at asarlarini ham tomosho qilishdi. Talabalar ushbu tashrif orqali boy madaniy qadriyatlarimiz va madaniy merosimiz bilan bog`liq ko`pgina ma’lumotlarga ega bo`lishdi.