2021-yil 26-mart kuni Filologiya fakulteti tomonidan o`tkazilib kelinayotgan “Yosh notiqlar” ko‘rik-tanlovining 2-soni bo`lib o`tdi. Tanlovda universitetning deyarli barcha fakultetlaridan ilg`or, shijoatli va iqtidorli, notiqlikka qiziquvchan talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirni Filologiya fakulteti dekani D.G`ayipov ochib berib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi. Universitet talaba-yoshlarini ona tilimiz, xususan, o‘zbek tilida ravon va to‘g‘ri so‘zlash, notiqlik san’atini egallashga bo‘lgan havaslarini yana ham kuchaytirish, o‘zbek tili rivojiga hissa qo‘shgan notiq, so‘z san’atkorlari ijodini o‘rganish, targ‘ib qilish, ularning asarlaridagi notiqlik, nutq madaniyatiga oid bilimlarni egallash, davlat tilimizga bo‘lgan e’tibor va hurmatni yanada kuchaytirish maqsadida o`tkazilgan ushbu ko‘rik-tanlovda universitetning bir guruh shijoatli, iqtidorli talaba-yoshlari o`z mahoratlarini namoyish qildilar. 

Tadbir davomida o`zbek tili yo`nalishi 201-guruh talabalari tomonidan kuy va qo`shiqlar, raqslar hamda sahna ko`rinishlari namoyish etildi.
Birinchi shartda har bir ishtirokchi o‘zi haqidagi barcha ma’lumotlarni she’riy yoki nasriy yo‘l orqali bayon qilgan bo`lsa, ikkinchi shartda nutqiy mahoratni yanada oshiruvchi va fikrlashga undovchi erkin mavzularda notiqlik mahoratini ko‘rsatib berdilar.

Har bir shart hakamlar hay`ati tomonidan baholanib borildi. Natijalarga ko`ra:
1-o`rin:  Saparmatova Nodira (Filologiya fakulteti)
2-o`rin:  Xudayberganov Mirzobek (Tarix fakulteti) 
2-o`rin:  Rustamova Mohichehra (Filologiya fakulteti)
3-o`rin:  Jumaniyozov Doniyor (Tarix fakulteti)
Ushbu o`rinlar sohiblarini hamda tanlovda faol qatnashgan talabalarni Filologiya fakulteti dekani D.G`ayipov, “O`zbek tilshunosligi” kafedrasi mudiri A.Primov hamda kafedra professor-o`qituvchilari diplom va tashakkurnoma shuningdek, esdalik sovg`alar bilan taqdirladilar.