2021-yilning 13-aprel kuni Smolensk davlat universiteti rektori, tarix fanlari nomzodi Artemenkov Mixail Nikolayevich, Tarix va huquq fakulteti dekani, tarix fanlari doktori, professor Uvarov Igor Arturovich bilan UrDU Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori, tarix fanlari doktori S.Davletov, Tarix kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori O`. Abdullayev va Tarix fakulteti professor-o’qituvchilari o’rtasida ikki universitet hamkorligida tarix yo’nalishi va mutaxassisligi bo`yicha qo`shma ta’lim dasturlari tashkil etish, professor-o’qituvchilar almashinuvini yo’lga qo`yish masalalari yuzasidan muhokamalar bo`lib o`tdi.

Suhbat davomida, ma`naviy-ma`rifiy ishlar, yoshlar bilan ishlashda o`zaro tajriba almashinuv masalalariga ham e'tibor qaratildi.

