2021-yil 27-aprel kuni Urganch davlat universitetida xorijlik talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Do‘stlik” festivali doirasida o‘zbekistonlik va turkmanistonlik talabalar istiqomat qilayotgan, yangi foydalanishga topshirilgan Talabalar turar joyi majmuasida OAV vakillari ishtirokida Media-tur o`tkazildi.
Media-tur ishtirokchilari talabalar uchun yaratilgan sharoitlar hamda yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etilishi bilan yaqindan tanishdilar.