2021-yilning 29-aprel kuni Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev boshchiligida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektor Z.Ibragimov, Xalqaro aloqalar bo`yicha prorektor G`.O`razboyev, Fizika-matematika fakulteti dekani J.Xo`jamov, Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi b.f.d., prof. I.Abdullayev hamda O'zbekistonning Isroildagi Favqulodda va muxtor elchisi Feruza Mahmudova ishtirokida Isroilning Holon texnologiya instituti prezidenti Eduard Yakubov hamda professor-o`qituvchilari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda universitetlar o`rtasida ilmiy tadqiqot va ta'lim sohasida Memorandum imzolandi va kelgusidagi hamkorlik aloqalari to'g'risida muzokaralar olib borildi.