Xabaringiz bor, 2020-2021 o`quv yilida Belorus Respublikasining Milliy texnika universiteti va Urganch davlat universiteti o`rtasida 5340100-Arxitektura (turlari bo‘yicha) yo`nalishi bo`yicha Qo`shma ta`lim dasturi tashkil qilingan edi.

Joriy yilning 17-may kuni rektor B.Abdullayev hamda Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektori G'.O'razboyevlar ushbu hamkorlikni davom ettirish maqsadida Belorus Milliy texnika universitetiga tashrif buyurdilar.

Shu kunning o`zida Belorus Milliy texnika universiteti rektori S.V.Xaritonchik bilan uchrashdilar. Uchrashuvda o`zaro hamkorlik to`g`risida, jumladan, universitetlar o'rtasida ilmiy tadqiqot va ta'lim sohasida hamkorlik qilish, qo'shma ta'lim dasturlarini yo'lga qo'yish bo'yicha muzokaralar olib borildi.