Kompyuter ilmlari kafedrasi ilmiy yo’nalishi
Oliy ta’lim muassasalarida axborot almashinuvini avtomatlashtirish.
Qisqacha tavsifi:
Oliy ta’lim muassasalari boshqaruvining eng zaruriy muammolaridan biri o’quv jarayonini samarali boshqaruvidirki, bu jarayonda ko’p sonli foydalanuvchilar bo’lgan talabalar, professor-o’qituvchilar, o’quv va boshqaruv xizmatidagi xodimlar qatnashadi va bevosita ularning ish sharoitlariga ta’sir qiladi. Zamonaviy sharoitda muayyan ta’lim muassasasi uchun ta’lim jarayonini tartibga soluvchi me’yoriy xujjatlarni tadbiq qilish katta mexnat va murakkabliklar talab qiladi. Barcha mavjud imkoniyatlar va ulardan samarali foydalanish boshqaruv xodimlari uchun katta mexnat talab qiladi. Asosiy maqsad ta’lim muassasalari uchun ta’limni boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimini qurish, texnologik jarayonlarni qog’ozsiz texnologiyalarga o’tkazish, ta’lim muassasasining yagona axborot muxitini yaratishdan iboratdir. Tizim quyidagi maqsadlarga qaratiladi:
distsiplinar xisobotlarni yuritish, talabalar davomadini yuritishni avtomatlashtirish;