O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi haqida
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi 1935-yilda tashkil qilingan. Kafedraga dotsent Salomat Matkarimova rahbarlik qilmoqda. Kafedrada bugungi kunda 19 nafar professor-o’qituvchi(fan doktori – 3 nafar(16%), fan nomzodi, доцент - 8 nafar(42%), PhD, katta o‘qituvchi - 2 (10%), PhD, o‘qituvchi - 1 (5%), o‘qituvchi - 5 (26%) faoliyat ko’rsatyapti. Kafedraning ilmiy salohiyati -74%. 560 nafar talaba tahsil olyapti. O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasida 1 ta ta’lim yo’nalishi: 5120100 - Filologiya va tillarni o’qitish: o‘zbek tili va 1 ta mutaxassislik 5A120101- Adabiyotshunoslik: o‘zbek adabiyoti bo’yicha bakalavr va magistrlar tayyorlanmoqda.
Xalqaro hamkorlik va chet ellar bilan ilmiy aloqalar bo’yicha ancha ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, Turkiyaning Karabuk universiteti, Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi, Ozarbayjon madaniyat Markazi, O‘zbekiston fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti va boshqa tashkilotlar bilan o’zaro ilmiy-pedagogik hamkorliklar mavjud. Kafedra professor-o’qituvchilari Bosh ilmiy metodik markaz(BIMM)da o’z malakalarini oshirib qaytdilar. So’nggi 10 yilda fakultet professor-o’qituvchilari tomonidan xorij, respublika va OTMda 800 dan ortiq ilmiy-uslubiy maqola e’lon qilindi, 40dan ortiq monografiya, 100 dan ortiq o’quv va o’quv-uslubiy qo’llanmalar nashr qilindi. Kafedra professor-o’qituvchilari va talabalari qator respublika va Xalqaro anjumanlarda, 2014 yil 21 dekabrda parlament saylovi, 2016 yil 4 dekabr O’zbekiston Respublikasi prezidenti saylov oldi va saylov jarayonlarida faol qatnashdi.
Kafedrada 2ta ilmiy yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda: Adabiyotshunoslik – “O‘zbek adabiyotshunosligining dolzarb muammolari”, Folklorshunoslik – “O‘zbek folklorshunosligining dolzarb muammolari”. Fakultet o’qituvchilarining samarali mehnatlari natijasida fakultet talabalari ham bir qancha yutuqlarni qo’lga kiritishdi va kiritishda davom etishmoqda. Jumladan, Dilshod G‘ayipov, Is’haqjon Ismailov, Nasiba Sabirova, Hikmat Yusupov, Akbar Otaboyev – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi bilan taqdirlandilar, Nazokat Bobojonova(2008), Rayhon Ro‘zmetova(2010), Shahnoza Aqmanova(2011), Yodgor Xudayberganov(2021)larning qilgan ilmiy izlanish va yutuqlari davlatimiz tomonidan munosib baholanib Navoiy nomidagi davlat sitipendiyasi bilan taqdirlandilar. Fakultet talabalari tomonidan yaratilgan badiiy asarlar ham O‘zbekistan Yozuvchilar uyushmasi tomonidan taqsinga sazovor bo’lib kelayotgani ayniqsa quvonarlidir.
2021-2022-o’quv yilida yangi - O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishining ochilishi rejalashtirilmoqda. Bu yangi yo’nalishning ochilishi fakultetning obro‘sini yanada oshiradi va malakali yetuk kadrlar yetkazib berish ishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi.