UrDU konferensiyalar zalida Tabiiy fanlar fakulteti “Ekologiya va hayot faoliyati xavsizligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida “Butunjahon yer kuni”ga bag‘ishlab, maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazilmoqda.
Tadbir dasturidan kafedra dotsentlari A.Masharipov, A.Abdullayev, S.Babajanova hamda Orolbo‘yi milliy tabiat bog‘i ilmiy xodimi Sh.Jumaboyevlarning maʼruzalari oʻrin olgan.
Shuningdek, “Ona zaminni asraylik!” mavzusida oʻtkazilgan tanlov g‘oliblarining taqdirlanishi kutilmoqda.