Associate Professor of the Department of Uzbek Literature of the Philological Faculty BB Rakhimova gave a master class on the subject

Filologiya fakulteti O‘zbek adabiyoti kafedrasi dotsenti B.B.Rahimova Yangibozor tumani 21-son maktabda "Bobur devonlari. "Topmadim", Hazon yaprog‘i yanglig‘..."g‘azallari" mavzusida adabiyot fanidan mahorat darsi o‘tkazdi. Mazkur mahorat darsi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan ilgari surilgan Halq ta’limi va Oliy ta’lim integratsiyasini amalga oshirish maqsadida tashkil etildi.Unda maktab direktori Yu.Qo‘zieva, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari J. Sapaev, ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari M. Karimova, N. Karimovalar ishtirok etdilar. Mahorat darsi bahs-mulohazalarga boy bo‘ldi va barchada katta taassurot qoldirdi.