Xususan, rektor B.Abdullayev, universitet birinchi prorektori D.Ibadullayev, rektor maslahatchisi R.Sharipov hamda fakultetlarning dekan oʻrinbosarlari Urganch tumanining “Oʻrta doʻrman” mahallasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta′minlangan yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning hayotda o’z o’rnilarini topishlari, ijtimoiy faolliklarini yanada oshirish va kasbga yo’naltirish masalalari muhokama qilindi. Yoshlar va ota-onalarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiynayotgan muammolarni hal qilish borasida vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, mahalla yoshlarini kasb-hunarga yo’naltirish, chet tillarini o‘rganishga jalb etish, bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida tavsiyalar berildi.