URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI ILMIY KENGASHINING 10-MAJLISI BOʻLIB OʻTDI

Bugun, 22-may kuni Urganch davlat universiteti Kengashining 10-majlisi oʻtkazildi. Kengash universitet rektori Baxrom Abdullayev raisligida va Kengash a’zolari ishtirokida bo‘lib o’tdi.

Dastlab rektor B.Abdullayev Fransiya elchixonasi tomonidan tashkil qilingan “Frankofoniya” ashula festivalida faxrli 2- o‘rinni egallagan Xorijiy filologiya fakulteti 3-kurs talabasi Nodira Gulimovaga Diplom va planshetini, “Yangi O‘zbekiston: ilm qaldirg‘ochlari – 2024” talabalarning III xalqaro ilmiy-texnik konferensiyasi va talabalar ilmiy tadqiqot ishlarining ko′rik-tanlovida qatnashib, nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Техnika fakulteti Arxitektura yo′nalishi 4-kurs talabalari Elbek Raximov hamda Abdumalik Axadjonovlarni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, diplomlarini topshirdi. 

Shundan soʻng, Kengash yigʻilishi kun tartibidan oʻrin olgan masalalar bilan o′z ishini davom qildirdi. Kengash yakunida lavozim va ilmiy unvonlar olish uchun saylovlar oʻtkazildi.