Urganch davlat universitetida tashkil etilgan yozgi turizm maktabida ishtirok etish uchun Xitoy Xalq Respublikasining Gansu qishloq xo‘jaligi universiteti hamda "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetidan kelgan talabalar bugun Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyiga sayohat qilishdi.
Muzey direktori Yulduz Rahmonova mehmonlarga Vatanimiz tarixi, jadidlar va ularning g'oyaviy kurashlari, muzey ekspozitsiyasi haqida qiziqarli ma'lumotlar berdi va muzeydagi eksponatlar bilan tanishtirdi.