Yozgi turizm maktabining talabalari UrDU huzuridagi “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyida bo'lishdi

Urganch davlat universitetida tashkil etilgan yozgi turizm maktabida ishtirok etish uchun  Xitoy Xalq Respublikasining Gansu qishloq xo‘jaligi universiteti hamda "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetidan kelgan talabalar bugun Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyiga sayohat qilishdi.

Muzey direktori Yulduz Rahmonova mehmonlarga Vatanimiz tarixi, jadidlar va ularning g'oyaviy kurashlari, muzey ekspozitsiyasi haqida qiziqarli ma'lumotlar berdi va muzeydagi eksponatlar bilan tanishtirdi.