Xushxabar! Urganch davlat universiteti Osiyoning eng yaxshi universitetlari qatorida!

Nufuzli QS Quacquarelli Symonds agentligi tomonidan eʼlon qilingan QS Asia University Rankings 2026 ro‘yxatiga O‘zbekistonning 22 ta oliy taʼlim muassasasi kiritildi: https://www.topuniversities.com/asia-university-rankings?countries=uz

Respublikamizning ushbu oliygohlari orasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti ham mazkur ro‘yxatda 9-o‘rinni egallab, 632-reyting ko‘rsatkichini qayd etdi: https://gov.uz/oz/edu/news/view/99595

Bu natija — mamlakatimizda oliy taʼlim tizimini modernizatsiya qilish, ilmiy salohiyatni oshirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi islohotlarning yuksak samarasi hisoblanadi.

Maʼlumot uchun: reytingda Osiyoning 25 ta mamlakat va hududidan 1500 dan ortiq universitet baholangan bo‘lib, ularning 557 tasi ilk bor ro‘yxatga kiritilgan. Baholashda ilmiy salohiyat, xalqaro nufuz, bitiruvchilarning bandlik darajasi, o‘quv jarayonining sifati va xalqaro hamkorlik faoliyati kabi mezonlar asos qilib olingan. 

Urganch davlat universiteti – nafaqat mintaqamiz, balki Osiyo miqyosida ham tan olingan nufuzli taʼlim maskani!