“Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha targ‘ibot kursi jarayonlarini o‘tkazish 2020 yil 9-10 noyabr kunlari etib belgilangan. Targ‘ibot kurslarining ikkinchi kuni Urganch davlat universiteti bosh binosining o‘quv xonalarida 13 ta targ‘ibot guruhi kesimida bo‘lib o‘tmoqda. Mashg‘ulotlar UrDU rektori B.Abdullayev, TATU rektori S.Boboxo‘jayev hamda respublika ishchi guruhining boshqa a’zolari tomonidan olib borilmoqda.

