Clarivate Analytics kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Jahon banki bilan birgalikda 3 yil davomida O‘zbekistonning barcha oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlariga Web of Science resurslaridan bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.

Endilikda Urganch davlat universiteti professor-o'qituvchilari va talabalar uchun Web of Science ilmiy ma’lumotlar bazasidan to’laqonli foydalanish imkoniyati yaratildi. 

Buning uchun universitet Internet tarmog’iga ulangan holda www.webofscience.com havolasi orqali platformaning barcha imkoniyatlaridan foydalanish mumkin.