Urganch davlat universiteti Texnika fakulteti Qurilish kafedrasi stajor o’qituvchisi Humoyun Bekchanov o`z ish faoliyatini 2017-yilda boshlagan.
U AR texnologiyalarga asoslangan 4D modellashtirilgan kitob yaratdi. Ushbu kitob zamonaviy AR texnologiyalarga asoslangan bo’lib, yurtimiz ta’lim tizimi uchun yangilik sanaladi. Ushbu kitob yordamida talabalarimiz nafaqat nazariy balki, 3D modellar orqali amaliy bilimlarga ham ega bo’lishlari mumkin.
Kitob Qurilish materiallari va buyumlari faniga oid bo’lib, muallif uni yozish davomida ushbu fan bo’yicha qilingan ilmiy tadqiqot ishlariga tayanadi.