Xoitmetov Umid Azadovichning 01.01.02 – “Differensial tenglamalar va matematik fizika” ixtisosligi bo‘yicha “Vaqtga bog‘liq koeffitsiyentlarga va moslangan manbalarga ega nochiziqli evolyutsion tenglamalarni integrallash” mavzusidagi fizika-matematika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.FM.86.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 27-fevral kuni soat 16:00 dagi onlayn majlisida bo‘lib o‘tdi.