Bugun, 2021-yil 5-iyun kuni Urganch davlat universitetida umumta’lim maktablari o‘quvchilarining Matematika fani bo‘yicha xotira turniri bo`lib o`tmoqda.
Xotira turniri 1966-1995-yillarda Xorazm davlat pedagogika instituti (hozirgi Urganch davlat universiteti) da samarali mehnat faoliyatini olib borgan matematik olim, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Ismoil Abdullayev xotirasiga bag‘ishlab o`tkazilmoqda.
Ertalab olimpiada ishtirokchilari kutib olinib, o‘quvchilarga olimpiadaning o‘tkazilish tartib –qoidalari bo`yicha tushuntirish ishlari olib borilib, soat 10.00 da olimpiada masalalarini yechishga start berildi. Olimpiada viloyatdagi barcha umumta’lim maktablari o‘quvchilarining 5-10 sinf o`quvchilari o`rtasida o`tkazilmoqda. Ayni damda, yosh matematikalar o`z bilimlarini sinovdan o`tkazmoqdalar.
Eslatib o`tamiz, turnir mobaynida universitet bo`ylab sayohat hamda g`oliblarni taqdirlash marosimi ham rejalashtirilgan.