2021-yil 26-iyun kuni Urganch davlat universitetida “Sudya va yoshlar” mavzusida mamlakatimizda sud-huquq tizimidagi islohotlar masalalariga bag‘ishlangan ma’naviy- ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Urganch davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori, t.f.d. S.Davletov, Xorazm viloyati sudining jinoiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari U.Bekturdiyev, Xorazm viloyat sudining jinoiy ishlar bo‘yicha sudyasi D.Atamuratov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sh.Allaberganov, fakultetlar yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari, talabalar qatnashishdi. Tadbirda mamlakatimizda sud-huquq sohasidagi islohotlar, qonunchilik tizimidagi o‘zgarishlar, jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari, yoshlar orasida jinoyatchilik, giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarni oldini olish bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi. Tadbir talabalar bilan ochiq muloqot ruhida o‘tib, talabalarning savollariga javoblar berildi, taklif va mulohazalari tinglandi.

