2021- yilning 30-iyun kuni Urganch davlat universitetida OAV vakillari hamda talaba-yoshlar uchun "Ta`limdagi ochiqlik va shaffoflik" mavzusida Press-tur o‘tkazildi.
Press-tur oldidan o`tkazilgan uchrashuvda Yoshlar masalalari va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektori S.Davletov ishtirok etib, kirish so`z qildi.

Shuningdek, “Komplayens-nazorat” tizimini boshqaruv bo`limi boshlig`i X.Shixova ham so`zga chiqib, Press-turni o`tkazishdan maqsad va aynan ta`limdagi ochiqlik va shaffoflikni ta`minlash maqsadida UrDUda olib borilayotgan ishlar, bu borada yangi tashkil qilingan “Komplayens-nazorat” bo`limining mazmun-mohiyati xususida axborot berdi.

Shundan so`ng, Press-tur ishtirokchilari mazkur bo`limni ko`rish va yaqindan tanishish maqsadida bo`lim boshlig`i X.Shixova boshchiligida bo`limga tashrif buyurib, faoliyati bilan tanishdilar.

Shuningdek, Press-tur davomida Xorijiy filologiya fakultetining o‘quv auditoriyalari, Lingvofon xonasi,
xorijiy adabiyotlar bilan boyitilgan zamonaviy kutubxonasiga sayohat qildilar. Ushbu sayohatga fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan muovini S.Matkarimov boshchilik qildi.
Press-tur davomida talabalar o`zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
