6-iyul: Urganch davlat universitetida "Ta`limda yangilik: Innovatsion g`oyalarning ahamiyati"" mavzusida Ochiq muloqot o‘tkazildi.
UrDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektori Z.Ibragimov ishtirokida o`tgan ushbu Ochiq muloqotda Tabiiy fanlar hamda Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakultetlari talaba-yoshlari ishtirok etdilar. Uchrashuv erkin muloqot tarzida olib borildi.
Z.Ibragimov so`zga chiqib, ta'limdagi innovatsiyalar va innovatsion pеdagogik faoliyat haqida, universitetda ilmiy ishlar va xalqaro aloqalarning borishi, xorij mamlakatlarining oliy taʼlim muassasalari bilan o`rnatilgan hamkorlik aloqalari, bugungi kunda oliy ta`lim tizimida chet tillarini o`rganishni kun tartibidagi dolzarb masalaga aylanganligi, Kredit-modul tizimining joriy qilinishi hamda unga bosqichma-bosqich o`tish bilan bog`liq chora-tadbirlar, universitetda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida atroflicha ma`lumot berdi. Ushbu imkoniyat va sharoitlardan oqilona foydalanib, chuqur bilim olishga chaqirdi.
Ochiq muloqot qizg`in savol-javoblarga boy tarzda o`tdi. Talabalar o`zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar oldilar.