2021-yilning 8-oktabr kuni Urganch davlat universitetining Madaniyat saroyida “Senator va yoshlar” mavzusida uchrashuv bo`lib o`tdi.
Uchrashuvni universitet O`quv ishlari bo`yicha prorektor Sardor Xodjaniyozov kirish so’zi bilan ochdi va tadbirning maqsad - vazifalari haqida gapirdi.
Uchrashuvda O`zbekiston Respublikasi Senatining Agrar, suv xo`jaligi va ekologiya masalalari bo`yicha qo`mita raisi Bahodir Tajiyev hamda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O`zbekiston liberal demokratik partiyasi Xorazm viloyat bo`linmasi rahbari Shuhrat Atajonovlar ishtirok etib, ayni kunlarda respublikamiz miqyosida o`tkazilishi rejalashtirilgan muhim siyosiy jarayon - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi haqida, nomzodlarning saylovoldi dasturlari, partiyalar faoliyati hamda senatorlar olib borayotgan ishlar xususida atroflicha ma`ruza qilib, talabalarni saylov jarayonlarida faollikka chaqirdilar.
Shundan so`ng, talaba-yoshlar senatorga o`zlarini qiziqtirgan savollari bilan yuzlanib, tegishli javoblar oldilar.

