2021-yil 11-oktabr kuni Urganch davlat universiteti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Majlis Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti binosida, universitet rektori raisligida, kengash a’zolari ishtirokida o‘tkazildi.
Kengash ishi an’anaga muvofiq, qutlovlar va xushxabarlar bilan boshlanib, rektor B.Abdullayev faxriy yorliq va sovg‘alarni o‘z egalariga topshirdi. Jumladan:
Biologiya kafedrasi professori, qishloq xo‘jalik fanlari doktori Satipov Gʻayipnazar Matvapayevichga Turon Fanlar akademiyasining Akademik ilmiy unvoni topshirildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.Toshqulovning taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi buyrug‘iga asosan, Urganch davlat universitetining ikki nafar professor-o‘qituvchisi: Xodjaniyozov Sardor Umarovich hamda Jumaniyozov Zohid Otaboevichlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining faxriy yorliqlari hamda bir oylik lavozim maoshi miqdorida moddiy rag‘batlantirildi.
1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan ko‘p yillik samarali va halol mehnati hamda o‘z xizmat vazifasiga bo‘lgan sadoqati uchun universitetning fidoyi va zahmatkash professor-o‘qituvchilaridan 7 nafari:
Komiljon Bobojonov
Zulfiya Ro‘zmetova
Mahmud Rahimov
Bahodir Rahmonov
Saparvoy Navruzov
Maqsuda Xajiyeva
Malohat Atajonovalarga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining faxriy yorliqlari hamda universitetning qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.



Shundan so‘ng, kengash kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z ishini davom ettirdi.