Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakulteti professor-oʻqituvchilari Yevropa Ittifoqining ERASMUS-EDU-2022-CBHE dasturi doirasidagi “ECAMPUZ – The First Silk Road Conference on Food Science and Foodomics” loyihasining barcha bosqichlarida oʻzlarining ilmiy-innovatsion chiqishlari bilan faol qatnashdilar. Joriy yilning 3-5 noyabr kunlari ushbu loyihaning yakunlovchi konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Mazkur nufuzli anjumanda UrDU Oziq-ovqat texnologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi, tayanch doktorant Behzod Kuramboyev “Most Innovative Research Award” (Eng innovatsion ilmiy izlanish) nominatsiyasi g‘olibi deb topildi!
Loyihaning ilmiy maqolalar to‘plami Scopus hamda Google Scholar xalqaro ilmiy bazalarida indeksatsiyalanadi.
Bu yutuq – Urganch davlat universiteti olimlarining xalqaro ilmiy maydondagi faoliyati va innovatsion tadqiqotlarga bo‘lgan e’tiborining yorqin ifodasidir.

.jpg)
.jpg)
.jpg)