Urganch davlat universitetining ilmga chanqoq talaba-yoshlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 5 ta muhim tashabbus doirasida Filologiya fakulteti tomonidan muntazam ravishda o‘tkazilib kelinayotgan “Kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovining bugun, 16-oktabr sanasida navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rik-tanlovda Filologiya fakultetining kitobsevar talaba-yoshlari taniqli o‘zbek yozuvchisi O‘lmash Umarbekovning “Odam bo‘lish qiyin” hamda rus adibi Anton Pavlovich Chexovning "6-palata" asarlari asosida o‘zaro badiiy maydonda kuch sinashdilar.
Kitobxon talabalarimiz tanlov davomida ushbu asarlar asosida moderator tomonidan tuzilgan savollarga 2 shart mobaynida zukkolik va tezkorlik bilan javob berdilar.
Tadbir davomida talaba-yoshlar tomonida ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, raqslar va sahna ko‘rinishlari kechaga o‘zgacha kayfiyat baxsh etdi.
Ko‘rik-tanlov yakunida g‘oliblar e’lon qilindi:
1-o'rin: 181-o'zbek tili guruhi talabasi Safayeva Gulnoza;
1-o'rin: 201-rus tili guruhi talabasi To'xtabayeva Gulzoda;
2-o'rin: 183- o'zbek tili guruhi talabasi Yo'ldosheva Quvonchoy;
3-o'rin: 193-o'zbek tili guruhi Ayitboyeva Yulduz.
Shundan so‘ng, Filologiya fakulteti dekani D.G‘ayipov fakultet professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda tanlov g‘oliblarga diplomlarini tantanali topshirdi.



