Joriy yilning 28-oktabr kuni Urganch shahar 24-sonli ixtisoslashtirilgan musiqa maktabida viloyat oliy muassasalari talabalari o‘rtasida “Talabalar teatr studiyasi” festivalining hududiy saralash bosqichi o‘tkazildi.
Mazkur saralash bosqichida Urganch davlat universitetining “Sayqal” teatr studiyasi ishtirok etdi.
Jamoalar o‘rtasidagi qizg‘in bellashuvlar natijasida UrDU “Sayqal” jamoasi Gʻafur Gʻulomning “Shum bola” asari asosidagi “Antiqa tomosha” deb nomlangan sahna ko‘rinishi uchun “Eng yaxshi ayol roli” hamda “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyalari bo`yicha, TTA Urganch filialining “Ko‘zmunchoq” jamoasi esa Uchqun Nazarovning “Oyna” spektakli uchun “Eng yaxshi erkak roli” hamda “Dolzarb mavzuning sahnaviy talqini” nominatsiyalari bo`yicha taqdirlanib, Buxoro shahrida bo‘lib o‘tadigan mintaqaviy bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.



.jpg)