2021-yilning 13-oktabrida Turksoy tashkilotiga aʼzo boʻlgan davlatlar va turkiy xalqlar vakillaridan iborat delegatsiya Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi. Mehmonlar universitet binosi oldida UrDU rahbariyati tomonidan karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi. "Turk dunyosi shoirlari uchrashuvi" buyuk turk shoiri Yunus Emre vafotining 700 yilligi munosabati bilan tashkil qilindi.