Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Barcha insholar orasidan eng yaxshi 30 nafar insho mualliflari diplom bilan taqdirlandi.
Insholar orasidan faxrli 1-o‘ringa Urganch davlat universiteti magistranti Nodira Abdullayeva, 2-o‘ringa Namangan davlat universiteti talabasi Xurshid Mirzahmedov loyiq deb topilgan bo‘lsa, 3-o‘rinni Farg‘ona davlat universiteti talabasi Feruza Abduvaliyeva egalladi.
Eng yuqori ball to‘plagan tanlov g‘oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlandi.



