2021-yilning 13-noyabr sanasida Malayziyaning Binary universiteti raisi Djozef Adaykalam boshchiligidagi delegatsiya Urganch davlat universitetida bo`ldi.
Tashrif doirasida delegatsiya a`zolari, UrDU rektori Baxrom Abdullayev hamda universitet prorektorlari ishtirokida uchrashuv bo`lib o`tdi.
O‘zaro hamkorlik aloqalarini muhokama etish, ta’lim muassasasini attestatsiya qilish tartibi va jarayoni hamda ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha inspeksiyaning faoliyati bilan tanishish maqsadidagi mazkur tashrif doirasidagi uchrashuvda ikki oliygoh o`rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama etilib, kelajakdagi rejalar belgilab olindi.






