2021-yilning 1-dekabr sanasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining fan va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari Hakimov Raximjon Rasuljonovich Urganch davlat universiteti talabalar turar joylarining sharoitlarini oʻrganish chogʻida xorijlik talabalar bilan uchrashib, suhbatda boʻldi, boʻsh vaqtlarini qanday oʻtkazayotganliklari bilan qiziqdi. Ularning yashash sharoitlarini oʻrgandi.
Raximjon Hakimov suhbat davomida bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli o‘zgarishlar, ta’lim sohasidagi islohotlar, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan izchil chora-tadbirlar haqida gapirar ekan, Urganch davlat universitetida yaratilgan sharoitlar haqida xorijlik talabalarning fikr-mulohazalari bilan qiziqdi. Xorijlik talabalar yaratilgan sharoitlardan mamnun ekanliklarini bildirishdi.


