✔️2021-yil 4-dekabr sanasida UrDU Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor Sanjar Davletov shanba kungi seminar ishi doirasida barcha fakultet dekan o'rinbosarlari va tyutorlari bilan uchrashuv tashkil qildi.
✔️Unda Yoshlash bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi, psixologlar, barcha fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o'rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etdi.
✔️Seminar ishida prorektor Sanjar Davletov mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar, talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni targ'ib qilish, 5 tashabbus doirasida to'garaklar faoliyatini kuchaytirish, talabalar turar joyida hamda ijarada istiqomat qiluvchi talabalarning yashash sharoiti o'rganish, tyutorlarning vazifalari borasida fikr-mulohazalarini bildirdi.
✔️Seminarda talabalarning taʼlimdagi tarbiyasi, ular bilan muloqotga kirishish, ruhiy holatlarini o'rganish, talaba qizlarni odob-axloqlariga alohida ahamiyat berish, ular bilan individual ishlash borasida “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi o'qituvchisi U.Latipova tomonidan tavsiya va takliflar berildi.
✔️Dekan o'rinbosarlari hamda tyutorlar o'z faoliyatlari davomida uchrayotgan turli xil vaziyatlar yuzasidan savollar bilan murojaat qilib, zarur koʻnikmalarga ega boʻldilar.


