Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 29-noyabrdagi “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ijtimoiy-maʼnaviy muhit holatini yanada barqarorlashtirish toʻgʻrisidagi” 506-sonli buyrugʻiga asosan ishchi guruh shakllantirilib, respublikadagi barcha OTMlar faoliyatini oʻrganish boʻyicha safarbar etildi.
✔️Bugun, 2021-yilning 13-dekabr sanasida Xorazm viloyati OTMlariga tashrif buyurgan Investisiya loyihalarini amalga oshirish boshqarmasi boshligʻi F.Dalimov boshchiligidagi ishchi guruh aʼzolari Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdilar.
✔️Tashrif doirasida Samarqand davlat chet tillari instituti prorektori O.Gaybullayev va Toshkent Moliya instituti prorektori Sh.Sindarovlar universitet Talabalar turar joylarida boʻldilar. Ishchi guruh aʼzolariga talaba-yoshlar uchun TTJda yaratilgan sharoitlar bilan UrDU Yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor S.Davletov yaqindan tanishtirdi.
✔️Oʻrganish davomida talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilagan toʻgaraklar faoliyati bilan qiziqdilar, talabalarning yashash sharoiti, dam olish vaqtlarini mazmunli oʻtkazish boʻyicha yoshlarning oʻzlari bilan suhbatda bo'ldilar.
✔️Shuningdek, 5-son TTJning yertoʻla qismida talaba-yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun tashkil qilingan kovorking markaz, IT xonalari, zakovat xonasi, loyihalar fabrikasi, arxitektura va dizayn, rassomchilik xonalari hamda qizlar uchun tikuvchilik xonalarini koʻzdan kechirib, toʻgarak jarayonlarining guvohi boʻldilar.



