«O‘zbekiston yoshlari forumi — 2021» doirasida 2021-yil 23-dekabr sanasida Urganch davlat universitetida tahsil olib, hozirda chet elning nufuzli oliygohlarida tahsilini davom ettirayotgan yoshlar va universitet talabalarining onlayn uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
UrDU prorektori S.Davletov moderatorligida oʻtkazilgan ushbu uchrashuvda Kimyoviy texnologiyalar fakultetini tamomlab, hozirda Janubiy Korea davlatida tahsil olayotgan doktorantlar B.Allaberganov va N.Matyoqubovlar, Xorijiy filologiya fakultetini tamomlab, hozirda Polshada tahsil olayotgan Sh.Jumaniyozova, Fizika-matematika fakultetini tamomlab, hozirda Slovakiyada oʻqiyotgan A.Babajanov, Jismoniy madaniyat fakultetini tugatib, hozirda Portugaliyada tahsilini davom ettirayotgan O.Saidmamatov, Germaniyada oʻqiyotgan U.Ibragimov, Janubiy Koreada oʻqiyotgan Y.Sobirov hamda Vengriyada tahsilini davom ettirayotgan S.Allayorovlar ZOOM dasturi orqali ishtirok etib, hozir oʻzilarini oʻqish va izlanishlari, buning uchun yaratilgan sharoitlar haqida gapirib, kelajak rejalarini oʻrtoqlashdilar.
UrDU Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar prorektori S.Davletov ularga oʻqishlarida yuksak zafarlar tiladi, yurtimizga yetuk mutaxassis boʻlib qaytib, oʻz sohalari rivojiga katta hissa qoʻshadigan kadr boʻlishlariga ishonch bildirdi.


