2021-yil 25-dekabr sanasida UrDU Madaniyat saroyida tyutorlar uchun doimiy seminar ishining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda Yoshlash bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi, psixologlar, barcha fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o'rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etdi.
Seminar ishida UrDU Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektori Sanjar Davletov yoshlarning taʼlim-tarbiyasi, yashash sharoiti, ularning muammolari bilan toʻxtovsiz shugʻullanish lozimligi, ularning to'garaklardagi ishtirokini yanada kuchaytirish borasida tyutorlarning vazifalari haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Seminar ishida tyutorlarga RTTM xodimlari tomonidan Hemis tizimida ishlash boʻyicha taqdimotlar orqali tushuntirishlar berildi.
Seminar ishida Pedagogika fakulteti tyutorlar faoliyatining tajribasi oʻrganildi va taqdimoti asosida muhokama etildi.
Shuningdek, tyutorlar o'z faoliyatlari davomida uchrayotgan turli xil vaziyatlar yuzasidan savollar bilan murojaat qilib, zarur javoblarni oldilar.


