Professional boks yo'nalishida juda katta marralarga erishib kelayotgan, vatanimiz bayrog'ini yuqori ko'tara olgan vohamizning mard o'g'loni Israil Madrimov uchrashuvning mehmoni bo'ldi.
Uchrashuvda yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Ayniqsa, yaqinda bo'lib o'tgan jang taassurotlari barcha uchun juda qiziqarli bo'ldi.


