Qishki taʼtil davrida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Urganch davlat universiteti Talabalar turar joyida yashovchi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida universitetda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Albatta, universitet rahbariyati bu borada qator hamkor tashkilotlar bilan ish olib bormoqda.
Xususan, 2022-yil 12-yanvar sanasida Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama teatri aktyorlari Urganch davlat universitetida boʻlib, “Jaloladdin Manguberdi” spektaklini talabalar eʼtiboriga namoyish qildilar.
Spektaklda buyuk bobokalonimiz, Xorazm farzandi Jaloladdin Manguberdi hayoti tarixiy voqealar asosida sahnalashtirildi. Spektakl talabalarda katta qiziqish va zavq ulashdi.
Spektakl yakunida talabalarni madaniy dam olishlariga qoʻshgan hissasi uchun universitet rahbariyati va talabalar nomidan Yoshlar masalalari, maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor S.Davletov teatr jamoasiga katta minnatdorchilik bildirdi.



