Allaberganov Zafar Ulug’bekovich - 2021-yilda Urgach davlat universitetining Jismoniy madaniyat fakultetini tamomlagan. Tahsili davomida ko’plab sport musobaqalarida yuqori natijalarga erishgan. Hozirgi kunda Xorazm viloyati Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtrilgan Bolalar va o’smirlar maktabida Sambo bo’yicha murabbiy. 10 nafar shogirdi O’zbekiston o’smirlar-yoshlar terma jamoasi a’zosi. Xususan, shogirdlaridan Iskandarov Egambergan 15 – 17-oktabr kunlari Gretsiyada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 53 kg vazn toifasida Oltin medal sohibi bo'ldi.