2022-yil 17-fevral kuni Jismoniy madaniyat fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo’yicha masalalari bo'yicha maslahat kengashi va Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida “Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo’ravonlikning kelib chiqish sabablari va oqibatlari” mavzusida uchrashuv bo’lib o’tdi. Tadbirda Urganch shahri bo’yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, Huquqbuzarlik profilaktikasi boshqarmasi Xotin-qizlari masalasi bo’yicha katta inspektori, mayor Sh.Batirova mavzu yuzasidan ma’ruza qilib, talaba-qizlarning savollariga javob berdi. Tadbir so’nggida talabalarga hamkor tashkilot tomonidan “Hamma birgalikda zo’ravonlikka qarshi” loyihasi doirasida ishlab chiqarilgan bukletlar taqdim etildi.