2022-yilning 1-aprel kuni Urganch davlat universitetida talabalar bandligini ta’minlash masalalari muhokamasiga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi.
Unda talaba-yoshlar bandligini ta’minlash bo'yicha shtab a’zolari, bo'lim boshliqlari, karera markazi xodimlari, fakultet dekan o'rinbosarlari, karera markazining fakultetlardagi vakillari ishtirok etdilar.
Yigilishda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor S.Davletov yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilib, bu borada oldimizda turgan muhim vazifalarni belgilab berdi.
Yig'ilishda ishlayotgan va ishga ehtiyojmand talabalar bilan muloqot qilish bo'yicha karera markazining fakultetlaridagi vakillariga tegishli topshiriqlar berildi.


