Ilmiy-ijodiy hamkorlik

Filologiya fakulteti "O'zbek tilshunosligi" kafedrasiga  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat universiteti "O'zbek tilshunosligi" kafedrasi tayanch doktoranti E.Alimardonov ilmiy-ijodiy hamkorlik borasida tashrif buyurdi.

Joriy 25-mart sanasida UrDU Filologiya fakulteti "O'zbek tilshunosligi" kafedrasi  doktorantlari bilan ilmiy mavzulari yuzasidan fikr almashildi. Fakultet magistrantlari hamda talabalari bilan ham suhbatlar tashkil qilindi.