Xabaringiz bor, 2021-yilda Ikkinchi Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumi doirasida Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev Rossiyaning Kazan federal universiteti rektori Ilshat Gafurov bilan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomani imzolagan edi.
Ushbu hamkorlikni mustahkamlash va yanada kengaytirish maqsadida bugun, 2022-yilning 21-aprel kuni Kazan federal universiteti qoshidagi Yelabuga instituti direktori, dots. Merzon Yelena Efimovna Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida UrDU rektori Bahrom Abdullayev, Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor G‘.O'razboyevlar bilan uchrashdi. Uchrashuv avvalida ikki taʼlim muassasalarining bugungi kundagi faoliyati, imkoniyatlari va moddiy-texnik bazasi haqida bir-birlariga maʼlumot berdilar.
Shundan soʻng, kelgusidagi hamkorlik masalalari boʻyicha muzokaralar olib borildi. Xususan, Yelena Efimovna Pedagogika yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, professor-o`qituvchilar va talabalar almashinuvini tashkil etish yuzasidan oʻz takliflarini bildirdi va bu borada kelishib olindi.