2022-yil 18-may kuni Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida “Tarix” kafedrasi tashabbusi bilan «Xorazm - Markaziy Osiyo sivilizatsiyasi tizimida» mavzusida mavzusidagi respublika konferensiyasi tashkil etildi.
Unda Tarix fakulteti professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlar, talaba-yoshlar ishtirok etdi. Konferensiyani UrDU Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori, t.f.d., prof. S.Davletov kirish soʻzi bilan ochib berdi. Anjuman “Tarix” kafedrasi dotsenti Sh.Nurullayeva moderatorligida boʻlib oʻtdi.
Anjuman yalpi yigʻilishida “Tarix” kafedrasi mudiri, dots. O‘.Abdullayevning “Xorazm vohasi buyuk ipak yo‘li tizimida: iqtisodiy va ilmiy sahifasidan”, “Tarix” kafedrasi professori t.f.n., dots. Q.Sobirovning “Quyi Amudaryo havzasi bronza davrida: Paleogeografiyasi, etnik jarayonlar hududiy chegaralari va kartografiyasi masalalariga doir ba’zi mulohazalar”, TTA UF “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, PhD Z.Abidovaning “Xorazm vohasida shahidlar bilan bog‘liq qarashlar va ziyoratgohlar”, dots. S.Navruzovning “Zamonasidan ilg‘orlagan tadqiqodchi (Vasiliy Bartold sharqshunos tadqiqotchi)” hamda dots.M.Matyaqubovaning “Xiva xonligining me’moriy obidalari va unga bitilgan tarix” mavzusidagi maʼruzalari tinglandi.
Konferensiya yalpi yigʻilishi yakunida talaba-yoshlarning badiiy chiqishlar namoyish etildi.
Anjuman oʻz ishini shoʻbalarga boʻlingan holda davom ettiradi.



